Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

Rossiya Qurolli kuchlari yana ikkita qishloq ustidan nazorat o‘rnatdi

Rossiya kuchlari Chugunovka va Popovka qishloqlarini ozod qildi.
Sputnik
TOShKENT, 7 fev — Sputnik. O‘tgan sutka davomida Rossiya Qurolli kuchlari yana ikkita aholi punkti ustidan nazorat o‘rnatdi, deb xabar qilmoqda Mudofaa vazirligi.

Xususan, Xarkov viloyatidagi Chugunovka qishlog‘i va Sumi viloyatidagi Popovka qishlog‘i Rossiya kuchlari nazorati ostiga o‘tdi, deyiladi xabarda.

Ayni damda artilleriya va uchuvchisiz apparatlar yordamida bufer zonasi mustahkamlanmoqda. Tinch aholini Ukraina Qurolli Kuchlari tomonidan yuzaga keladigan terroristik tahdidlardan qo‘shimcha himoya qilinmoqda.
Osvobojdenie Chugunovki
O‘tgan tunda Rossiya Qurolli Kuchlari Ukrainadagi nishonlarga qarshi ommaviy zarba berdi. Zarbalar uzoq masofali, dengiz va havoda uchiriladigan yuqori aniqlikdagi qurollar jumldadan "Kinjal" gipertovushli raketalar yordamida amalga oshirildi.

Ushbu zarbalar Ukrainaning Rossiya fuqarolik obyektlariga bergan zarbalariga javob bo‘lib, UQK energetika va transport infratuzilmasiga zarar yetkazdi, deyiladi xabarda.

O‘tgan bir sutka davomida Ukraina Qurolli kuchlari yo‘qotishlari 1300dan ortiq harbiy xizmatchi, 20ta tank va boshqa zirhli jangovar texnika, 26ta dala artilleriya qurollari, bitta yoppasiga o‘t ochish reaktiv tizimi, 168ta uchuvchisiz apparat va 69ta harbiy avtomobillarni tashkil qildi.