Eron-AQSh muzokaralarining birinchi raundi yakunlari

AQSh bosimni davom ettirmoqda, Eron o‘z manfaatlarini himoya qilishga shayligini ta’kidladi.
Sputnik
TOShKENT, 7 fev — Sputnik. Ummonning Maskat shahrida 6-fevral kuni Eron-AQSh muzokaralarining birinchi raundi yakunlandi.
Bilvosita formatda bo‘lib o‘tgan muzokaralarda Eron tashqi ishlar vaziri Abbos Aragchi hamda AQSh prezidentining maxsus vakili Stiv Uitkoff ishtirok etdi.

AQSh bayonotlari

Muzokaralardan so‘ng AQSh prezidenti Donald Tramp juma kuni jurnalistlarga Eron bilan muzokaralar "juda yaxshi" o‘tganini va kelasi hafta boshida davom etishini aytdi.
"Biz Eron bo‘yicha ham juda yaxshi muzokaralar olib bordik. Eron kelishuvga erishishga juda ishtiyoqmand ko‘rinadi", dedi Tramp jurnalistlarga.
Shu bilan birga u Eron yaqinida katta kuchlar to‘planayotganini yana bir bor ta’kidladi.
Bundan tashqari Tramp ma’muriyati juma kuni Eron neft savdosi bilan bog‘liq “soya floti”ga qarashli 15 ta tashkilot, ikkita shaxs va 14 ta kemaga qarshi yangi sanksiyalarni e’lon qildi.

Eron tashqi ishlar vaziri Abbos Aragchi

Eron yadroviy dasturi muzokaralar markazida bo‘ldi. Boshqa masalalar muhokama qilinmadi.
Eron milliy manfaatlarni ilgari surish uchun diplomatik vositalardan foydalanishga sodiq.
Biroq, muloqotga sodiqlik davlat chegaralarini himoya qilishdan voz kechishni anglatmaydi.
Eron o‘z milliy xavfsizligini har qanday "tavakkalchilik" va ortiqcha talablardan himoya qilishga to‘liq sodiq qolmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Eron tashqi ishlar vaziri Muskatda muzokaralar boshlanishidan oldin Eron o‘z huquqlarini qat’iy himoya qilishga shay ekanini, muzokaralar tomonlar tengligi, o‘zaro hurmat asosida olib borilishi zarurligini ta’kidlagan edi.

AQSh eron muzokaralari davom etadi.
Eron har qanday hujumni urush deb qabul qiladi va jiddiy javob beradi