TOShKENT, 6 fev – Sputnik. AQSh fuqarolarini Eronni darhol bilan tark etishga chaqirdi.
“Eronni darhol tark eting. Bunda AQSh hukumati yordamini kutmang. Agar buning iloji bo‘lmasa, xavfsiz joy topib, oziq-ovqat, suv va dori-darmon zaxira qiling”, - deyiladi AQShning Erondagi elchixonasi saytidagi xabarda.
Ayni damda O‘mon poytaxti Maskatda Tehron va Vashington orasida muzokaralar boshlangan. Unda Eron tashqi ishlar vaziri Abbos Araqchi va AQSh prezidentining maxsus elchisi Stiv Uitkoff Eron yadroviy dasturi bo‘yicha kelishmovchiliklarni hal qilishi rejalashtirilgan.
Tramp o‘tgan juma kuni AQSh Fors ko‘rfazida Venesuelaga qaraganda kuchliroq armada joylashtirayotganini va Eron muammosi bir haftada hal bo‘lishini e’lon qilgan edi.
Eron rasmiylari Vashington bilan tenglik va o‘zaro hurmat tamoyillari asosida yadroviy muloqotni qayta tiklashga tayyor ekanini bildirgan edi.
Shu bilan birga Tehron AQShning har qanday hujumiga, hatto cheklangan hujumiga ham javob berishga tayyorligini e’lon qildi: Eron raketalarining masofasi mintaqadagi AQSh bazalariga yetib borish uchun yetarli.