Amir Temur tavalludining 690-yilligi keng nishonlanadi

Mamlakatda har yili aprel oyi “Amir Temur oyligi” deb e’lon qilinadi.
Sputnik
TOShKENT, 6 fev – Sputnik. Joriy yilda O‘zbekistonda sohibqiron Amir Temur tavalludining 690-yilligi keng nishonlanadi. Prezidentning tegishli qarori qabul qilindi.
Qarorga ko‘ra, har yili aprel oyi “Amir Temur oyligi” deb e’lon qilinadi va bunda ta’lim tashkilotlari va mahallalarda temurshunos olimlar, yozuvchi va san’atkorlar ishtirokida uchrashuvlar uyushtiriladi.
Quyidagilarni nazarda tutuvchi 2030-yilgacha mo‘ljallangan “yo‘l xaritasi” tasdiqlandi, jumladan:
9–10 aprel kunlari Islom sivilizatsiyasi markazida “Amir Temur va temuriylar tamaddunining jahon tarixi va madaniyatidagi o‘rni va ahamiyati” mavzusida xalqaro ilmiy konferensiya o‘tkazish;
“Temur tuzuklari” asarining ilmiy izohli matnini fors, arab, xitoy, ingliz, fransuz, ispan va rus tillarida chop etish;
“Temuriylar davrining 100 nodir qo‘lozmasi”, “Temuriylar davrining 100 nodir durdonasi” kitob-albomlarini yaratish;
Temuriylar davri manbalari elektron platformasini yaratish.
Sohibqiron Amir Temur tavalludining 690-yilligiga bag‘ishlangan tadbirlarga tayyorgarlik ko‘rish va ularni o‘tkazish bo‘yicha tashkiliy qo‘mita tarkibi tasdiqlandi.
Temuriylar tarixi davlat muzeyi: Buyuk Amir Temur merosiga sayyohat