TOShKENT, 5 fev — Sputnik. Rossiya qo‘shinlari Zaporojye viloyati va Donesk Xalq Respublikasida ikkita qishloqni nazoratga oldi. Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligi xabar berdi.
"Janubiy" qo‘shinlar guruhi bo‘linmalari faol harakatlar natijasida Donesk Xalq Respublikasining Stepanovka aholi punktini ozod qildi."
"Sharq" qo‘shinlari guruhi bo‘linmalari dushman mudofaasi ichkarisiga siljishni davom ettirdi va qat’iy harakatlar natijasida Zaporojye viloyatining Staroukrainka aholi punktini ozod qildi", — deyiladi xabarda.
Ta’kidlanishicha, Staroukrainka aholi punkti ozod qilinishi ortidan besh kvadrat kilometrdan ortiq muhim mudofaa hududi nazorat ostiga olingan. Ukraina Qurolli kuchlarining ko‘p sonli shaxsiy tarkibi, 10 tagacha turli xil texnikasi, shuningdek, 15 tagacha og‘ir geksakopteri yo‘q qilingan.
Staroukrainkaning ozod etilishi bo‘linmalarga dushman mudofaasining Gulyaypole aholi punkti g‘arbidan olti kilometr ichkarisiga kirib borish va ushbu hududdagi vaziyatni yaxshilash imkonini bergan.