TOShKENT, 5 fev — Sputnik. Pokistonning Karachi portida O‘zbekiston omborlari tashkil etiladi va yangi temir yo‘l yo‘nalishida yuk tashuvlari boshlanadi. Bu haqda O‘zbekiston Transport vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Omborlar to‘g‘risidagi kelishuv transport vazirining birinchi o‘rinbosari Mamanbiy Omarov boshchiligidagi delegatsiyaning Pokiston dengiz ishlari vaziri o‘rinbosari Umar Zafar Sheyx va Karachi porti raisi Shahid Ahmed bilan o‘tkazgan uchrashuvi doirasida imzolandi.
V pakistanskom portu Karachi poyavatsya skladi Uzbekistana
© telegram sputnikuzbekistan
/ Muzokaralar chog‘ida Pokiston portlari orqali O‘zbekiston yuk tashuvlariga yanada qulay sharoit yaratish, Karachi portida milliy omborni joylashtirish hamda investorlar uchun imtiyozlar berish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, delegatsiya Pokiston temir yo‘llar vaziri o‘rinbosari Mazhar Ali Shoh bilan “O‘zbekiston – Afg‘oniston – Pokiston” temir yo‘l loyihasi bo‘yicha texnik-iqtisodiy asoslarni ishlab chiqish uchun yaqin vaqtda dala-tadqiqot ishlarini boshlashga kelishdi.
Bundan tashqari, Pokiston kommunikatsiyalar vaziri o‘rinbosari Ali Shoh Mas’ud bilan “Pokiston – Xitoy – Qirg‘iziston – O‘zbekiston” yangi transport yo‘lagini shakllantirish masalasi yuzasidan ham kelishuvga erishildi. Tomonlar joriy yil fevral oyida ushbu yo‘nalishda pilot yuk tashuvlarini amalga oshirishni rejalashtirmoqda.