Shavkat Mirziyoyev davlat tashrifi bilan Pokistonga keldi

Islomobodda oliy darajadagi muzokaralar, Strategik hamkorlik kengashi yig‘ilishi hamda O‘zbekiston–Pokiston biznes forumi bo‘lib o‘tadi.
Sputnik
TOShKENT, 5 fev — Sputnik. O‘zbekiston prezident Shavkat Mirziyoyev davlat tashrifi bilan Islomobodga keldi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
“Nurxon” aeroportida davlat rahbarini Pokiston prezidenti Asif Ali Zardoriy, bosh vazir Shahboz Sharif va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.
Dasturga muvofiq, bugun Mudofaa kuchlari Oliy Bosh qo‘mondoni – Qurolli kuchlarning quruqlikdagi qo‘shinlar qo‘mondoni, feldmarshal Asim Munir, Pokiston bosh vaziri Shahboz Sharif bilan muzokaralar va Oliy darajadagi strategik hamkorlik kengashining birinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi.
Ertaga, 6-fevral kuni, Pokiston prezidenti Asif Ali Zardoriy bilan uchrashuv va O‘zbekiston – Pokiston biznes forumida ishtirok etish rejalashtirilgan.
Pokiston portida O‘zbekiston omborlari ochiladi, yangi temir yo‘l yuk qatnovlari boshlanadi