Kameralar qayd etadigan yo‘l qoidabuzarliklari ro‘yxati aniqlandi

Kameralar orqali qayd etiladigan ma’muriy huquqbuzarliklarning qat’iy ro‘yxati belgilandi va ular uchun ma’muriy jazo qo‘llashning aniq muddatlari qonun bilan belgilab qo‘yildi.
Sputnik
TOShKENT, 5 fev — Sputnik. O‘zbekistonda maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish texnika vositalari orqali qayd etiladigan ma’muriy huquqbuzarliklarning qat’iy ro‘yxati belgilandi. Bu normalarni nazarda tutuvchi qonun bilan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga tegishli qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritildi.
Unga ko‘ra, kameralar orqali quyidagi huquqbuzarliklar qayd etiladi:
xavfsizlik kamaridan foydalanmaslik;
transportni boshqarish vaqtida telefondan foydalanish;
belgilangan harakat tezligini soatiga 20 kilometrdan ko‘p bo‘lmagan miqdorda oshirish;
to‘xtash yoki to‘xtab turish qoidalarini buzish va boshqalar.
Shuningdek, mazkur huquqbuzarliklar uchun ma’muriy jazo qo‘llash muddatlari ham aniq belgilab berildi.
Agar yo‘l qoidabuzarligi foto va video qayd etish texnika vositalari orqali aniqlangan bo‘lsa, ma’muriy jazo huquqbuzarlik sodir etilgan kundan boshlab 1 oy ichida qo‘llanishi shart.
Ma’muriy javobgarlikka tortish to‘g‘risidagi qaror ustidan shikoyat berilgan hollarda esa jazo huquqbuzarlik sodir etilgan kundan boshlab 1-yil ichida qo‘llanishi mumkin.
Jarima o‘rniga ma’muriy ogohlantirish qaysi yo‘l qoidabuzarliklariga qo‘llanishi ma’lum qilindi