O‘q otish: Kamalov va Saidqulova jahon rekordi bilan oltin medalga sazovor bo‘ldi

Osiyo chempionatida miks dasturda O‘zbekiston sportchilari rekord o‘rnatdi. Shu kuni yakkalik va jamoaviy bahslarda ham oltin medallar qo‘lga kiritildi
Sputnik
TOShKENT, 5 fev — Sputnik. O‘q otish sporti bo‘yicha Osiyo chempionatida 10 metrlik pnevmatik to‘pponchadan otishning miks dasturida Muhammad Kamalov va Nigina Saidqulova 481,3 ball bilan oltin medalni qo‘lga kiritdi. Bu haqda MOQ matbuot xizmati xabar berdi.
Ushbu natija mazkur yo‘nalishda Osiyo va jahon rekordi sifatida qayd etildi.
Musobaqalar Nyu-Dehli shahrida o‘tkazilmoqda.
Shu kuni 10 metrlik pnevmatik to‘pponchadan otish bo‘yicha yakkalik bahslarida Vladimir Svechnikov ham oltin medalga sazovor bo‘ldi. Shuningdek, erkaklar jamoasi ayni shu yo‘nalishning jamoaviy dasturida finalda mezbon Hindistonni mag‘lub etib, oltin medalni qo‘lga kiritdi.
O‘zbekiston og‘ir atletikachilari Qatardagi xalqaro musobaqada ikkinchi o‘rinni egalladi