TOShKENT, 5 fev — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev maktabgacha ta’lim va tarbiya tizimini yanada takomillashtirishga qaratilgan takliflar taqdimoti bilan tanishdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Taqdimotda sohani yangi bosqichga olib chiqish bo‘yicha chora-tadbirlar muhokama qilindi.
Asosiy yangiliklar:
bir yillik maktabga tayyorlov guruhlari dasturi majburiy umumiy o‘rta ta’limning dastlabki bosqichi sifatida joriy etiladi;
bolalarni maktabga puxta tayyorlash va ta’limda uzluksizlikni ta’minlash asosiy maqsad qilinadi;
maktabgacha ta’limda o‘yinga asoslangan ta’lim modeli joriy etiladi;
ta’lim jarayoni bolaning tabiiy qobiliyati va qiziqishlarini hisobga olgan holda tashkil etiladi;
ilg‘or xorijiy tajribalar asosida o‘quv muhiti yangilanadi.
V Uzbekistane godichnuyu podgotovku k shkole vnedrat v kachestve pervogo etapa obazatelnogo obshego srednego obrazovaniya
© telegram sputnikuzbekistan
/ “Yangi avlod” davlat bog‘chalari tarmog‘i:
2026–2028 yillarda har bir hududda 120 o‘rinli “Yangi avlod” davlat bog‘chalari tashkil etiladi;
ularning tarkibida Bolalarni rivojlantirish innovatsion markazlari ochiladi.
Nodavlat bog‘chalar uchun yangi imkoniyatlar:
nodavlat ta’lim tashkilotlariga ham bir yillik tayyorlov guruhlarini ochishga ruxsat beriladi;
2024 yildan ochilgan nodavlat bog‘chalarga ham yangi subsidiya tartibi tatbiq etiladi
Pedagog kadrlar tayyorlash tizimi yangilanadi:
2026–2027 o‘quv yilidan pedagogika OTMlarida dasturlar xalqaro standartlarga moslashtiriladi;
o‘rta maxsus ma’lumotli pedagoglar uchun “5+1” dual ta’lim asosida bakalavr tayyorlash tizimi joriy etiladi.
Elektron sertifikat tizimi:
2027–2028 o‘quv yilidan tayyorlov guruhini tugatgan bolalarga davlat namunasidagi elektron sertifikat beriladi;
ushbu ma’lumotlar maktab shahodatnomasida qayd etiladi.
Xususiy sektor uchun katta imtiyozlar (qamrovi 80 foizdan past hududlarda):
maktab va bog‘cha hududida DXSh asosida bog‘cha ochilsa — 30-yilgacha ijara to‘lovi undirilmaydi;
har bir bola uchun davlat bog‘chasidagi xarajatning 50 foizi miqdorida subsidiya beriladi;
quvvati kamida 150 o‘rinli nodavlat bog‘cha tashkil etilsa — 7-yilgacha 5 milliard so‘mgacha imtiyozli kredit ajratiladi;
tarbiyachilar maoshi 3-yil davomida davlat meyori asosida qoplab beriladi;
ko‘p qavatli uylarning 1-qavatida ochilgan xususiy bog‘chalarga ham ushbu imtiyozlar tatbiq etiladi;
2030 yil 1-yanvargacha 150 o‘rindan kam bo‘lmagan bog‘cha ochgan tadbirkorlarga ijtimoiy soliq imtiyozlari beriladi.
Prezident mutasaddilarga tegishli topshiriqlar berdi.