TOShKENT, 4 fev — Sputnik. 2026 yilgi musobaqalar taqvimiga muvofiq, 9-maydan 16-maygacha Toshkent shahrida shashka-64 bo‘yicha Jahon kubogi — "O‘zbekiston-2026" xalqaro musobaqasi o‘tkaziladi. Bu haqda Xalqaro shashka federatsiyasi (IDF) matbuot xizmati xabar berdi.
Tadbir IDF va O‘zbekiston shashka federatsiyasi hamkorligida tashkil etilmoqda.
Musobaqalar shashka-64ning xalqaro (rus) versiyasi bo‘yicha uch yo‘nalishda — klassik, tezkor va yashin tezligidagi o‘yinlar shaklida o‘tkaziladi. Barcha yo‘nalishlarda 7–9 turdan iborat ochiq turnirlar shveysariya tizimi asosida tashkil etiladi.
Har bir yo‘nalishda erkaklar va ayollar o‘rtasida g‘olib va sovrindorlar aniqlanadi. Qo‘shimcha ravishda quyidagi yosh toifalarida ham g‘oliblar belgilanadi:
23 yoshgacha (2004–2006 y.t.)
20 yoshgacha (2007–2009 y.t.)
17 yoshgacha (2010–2012 y.t.)
14 yoshgacha (2013–2015 y.t.)
11 yoshgacha (2016 y.t. va kichiklar)