Qoidabuzarlik holatlari: 2025-yilda qariyb 1,7 trln so‘mlik gaz qayta hisob-kitob qilingan

Nazorat tadbirlarida minglab qoidabuzarliklar aniqlanib, gaz hajmlari qayta hisoblandi, suyultirilgan gaz bo‘yicha noqonuniy faoliyatlar bartaraf etildi.
Sputnik
TOShKENT, 4 fev — Sputnik. 2025 yilda tabiiy gaz ta’minotida 173 mingtadan ortiq noqonuniy va qoidabuzarlik holatlari aniqlandi. Bu haqda “Hududgazta’minot” AJ matbuot xizmati xabar berdi.
“Hududgazta’minot” AJ xodimlari tomonidan o‘tkazilgan nazorat tadbirlari va xatlovlar davomida jami 173 645 ta holat qayd etilib, 774,6 million kub metr yoki 1 trillion 667 milliard 511 million so‘mlik tabiiy gaz hajmi qayta hisob-kitob qilingan.
Suyultirilgan gaz ta’minoti yo‘nalishida 285 ta noqonuniy “bunker” faoliyati to‘xtatildi. 12 355 dona maishiy gaz balloni va 137,7 tonna suyultirilgan gazning noqonuniy sotilishi oldi olingan.
Yana 95 tonna gaz talon-taroj qilingani aniqlanib, zararni undirish uchun materiallar huquq-tartibot organlariga yuborilgan.
Gaz, samaradorlik: Mirziyoyev “O‘zbekneftgaz”ning ustuvor vazifalarini belgilab berdi