TOShKENT, 4 fev — Sputnik. 2025 yilning yanvar–noyabr oylarida Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqida (YeOII) qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 4,9 foizga oshdi.
Bu haqda Rossiya TIVning MDH mamlakatlari bilan Yevroosiyo iqtisodiy integratsiyasi bo‘limi matbuot xizmati xabar berdi.
Ittifoqqa a’zo deyarli barcha davlatlarda o‘sish qayd etildi:
Armanistonda — 6,1 foiz;
Qozog‘istonda — 6,1 foiz;
Qirg‘izistonda — 2 foiz;
Rossiyada — 5,4 foiz.
Belarusda esa ko‘rsatkich o‘tgan yil darajasida saqlanib qoldi.