TOShKENT, 3 fev — Sputnik. Xarkov va Dnepropetrovsk viloyatlari hamda DXR hududidagi bir qator jangovar epizodlarda harbiylar ob-havo sharoiti taktik ustunlik berganini ta’kidlashdi.
Tuman, namlik va yog‘ingarchilik uchuvchisiz qurilmalar faoliyatini cheklab, yashirin siljish va pozitsiyalarga yaqinlashishni osonlashtirgan.
3 fevral 2026-yil. “Markaz” guruhining 102-motoo‘qchi polki jangchisi DXRdagi Toreskoe aholi punkti uchun jang tafsilotlarini so‘zlab berdi. Uning aytishicha, operatsiya bosqichma-bosqich olib borilgan: kichik hujum guruhlari yashirincha siljib, kuzatuv olib borgan va asosiy pozitsiyalarni egallagan. Tuman, yomg‘ir va qor aniqlanish xavfini kamaytirgan.
2 fevral 2026-yil. Xarkov viloyatidagi Zelonoe aholi punkti “Shimol” guruhi tomonidan egallangan. Harbiylarning aytishicha, havoning isishi, namlik va tuman dushman dronlarining faol ishlashiga imkon bermagan.
17 yanvar 2026-yil. “Shimol” qo‘shinlari jangchisi Dvurechanskoe aholi punkti uchun jang haqida gapirdi. Kichik guruhlar taxminan 700 metrlik minalashtirilgan ochiq maydonni bosib o‘tgan. Tuman va artilleriya yordamida o‘rmon polosasidagi mudofaa chizig‘iga yashirincha yaqinlashishga muvaffaq bo‘lingan.
24 dekabr 2025-yil. “Alvares” chaqiruv belgisiga ega jangchi Dnepropetrovsk viloyatidagi Andreyevka uchun jangni tasvirlab berdi: “Kirish o‘rmonzor orqali boshlandi. Tuman orasidan ehtiyotkorlik bilan bordik — tuman juda yordam berdi. Keyin uyma-uy harakatlandik”.