TOShKENT, 3 fev — Sputnik. 4 fevral kuni Toshkent vaqti bilan soat 15:00 da Sputnik O‘zbekiston multimedia matbuot markazida “Energetikaning dolzarb masalalari” mavzusida Moskva — Yerevan — Minsk — Toshkent — Suxum videoko‘prigi bo‘lib o‘tadi.
Moskvadagi ishtirokchi — “Geoenergetika Info” tahliliy jurnali bosh muharriri Boris Marsinkevich.
Mutaxassis quyidagi savollarga to‘xtalib o‘tadi:
Rossiyadan Yevropa Ittifoqiga gaz importini taqiqlash munosabati bilan Rossiya gaz yetkazib berishni qanday qayta yo‘naltiradi?
Rossiya Armanistonda kichik modulli reaktorli AES quradimi?
Abxaziyada atom stansiyasi qurilishi mumkinmi?
O‘zbekistonda atom klasteri paydo bo‘ladimi?
Uran tanqisligi mavjudmi?
Ishtirok etish uchun jurnalistlar taklif etiladi. Batafsil ma’lumot va ro‘yxatdan o‘tish uchun:
Telefon: +998 97 190 71 78
Telegram: @alisherakimbaev
Elektron pochta: a.akimbaev@sputniknews.com
Matbuot markazi produseri: Alisher Akimbayev