O‘zbekiston va Pokiston TIV o‘rinbosarlari uchrashuvi: nimalar muhokama qilindi?

Uchrashuvda joriy yilga mo‘ljallangan tashriflar, Hukumatlararo komissiya yig‘ilishi, biznes-forum va milliy mahsulotlar ko‘rgazmasini o‘tkazish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Sputnik
TOShKENT, 2 fev — Sputnik. Islomobod shahrida O‘zbekiston va Pokiston tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida siyosiy maslahatlashuvlarning 9-davrasi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
O‘zbekiston delegatsiyasiga tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Bahromjon A’loyev, Pokiston tomoniga esa tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Said Ali Asad G‘iloniy rahbarlik qildi.
Muzokaralarda savdo, sanoat kooperatsiyasi, qishloq xo‘jaligi, turizm, ta’lim, sog‘liqni saqlash va farmatsevtika kabi sohalardagi mavjud salohiyatdan to‘liq foydalanish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, joriy yilda rejalashtirilgan turli darajadagi tashriflar, Hukumatlararo komissiya yig‘ilishi, biznes-forum, milliy mahsulotlar ko‘rgazmasi hamda madaniy tadbirlarni o‘tkazish muhimligi ta’kidlandi.
Tomonlar ikki tomonlama kun tartibidagi masalalar bo‘yicha amaliy hamkorlikni kuchaytirish maqsadida tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida yaqin muloqotni davom ettirishga kelishib oldi.
O‘zbekiston va YeOII
Pokiston YeOII "beshligi" bilan savdoni oshirishga qiziqish bildirdi