O‘zbekiston va YeOII

O‘zbekiston–EOII Yagona bojxona tranziti bo‘yicha hamkorlik muhokama qilindi

YeIK va O‘zbekiston Bojxona qo‘mitasi vakillari YeOII bojxona tranziti bo‘yicha hamkorlikni muhokama qildi.
Sputnik
TOShKENT, 2 fev — Sputnik. Yevrooosiyo iqtisodiy komissiya (YeIK)ning Bojxona hamkorligi bo‘yicha hay’ati a’zosi Ruslan Davidov O‘zbekiston Bojxona qo‘mitasi raisi Akmalxo‘ja Mavlonov bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuv BAAda bo‘lib o‘tgan Butunjahon bojxona tashkilotining texnologik konferensiyasi va ko‘rgazmasi doirasida tashkil etildi.

Muzokaralarda hamkorlikning keng ko‘lamli masalalari, jumladan, uchinchi davlatlar ishtirokida YeOII Yagona bojxona tranzit tizimi to‘g‘risidagi bitimni amalga oshirish doirasidagi bo‘lajak hamkorlik muhokama qilindi.

Shuningdek, anjuman doirasida Davidov bojxona amaliyotida sun’iy intellektdan foydalanish, davlatlar o‘rtasida axborot almashinuvi, tovarlar harakatini soddalashtiruvchi raqamli yechimlar va yuk oqimlarini nazorat qilishda nointruziv texnologiyalar qo‘llanilishi bilan tanishdi.
Bundan tashqari YeIK vakili bir qator qo‘shimcha uchrashuvlar ham o‘tkazdi hamda Abu-Dabi bojxona ofisiga tashrif buyurib, tovarlar importini tekshirishda sun’iy intellekt texnologiyalarini qo‘llash amaliyoti bilan tanishdi.
O‘zbekiston va YeOII
O‘zbekistonning YeOII mamlakatlari bilan tashqi savdo aylanmasi - infografika