TOShKENT, 2 fev — Sputnik. Toshkent shahri aholisi endi uyi yaqinidagi pulli to‘xtash joylaridan foydalanish uchun rezidentlik ruxsatnomasini onlayn va mutlaqo bepul rasmiylashtirishi mumkin.
Xizmat my.gov.uz portali orqali ko‘rsatiladi va hech qanday to‘lov undirilmaydi.
Ruxsatnomani olish uchun my.gov.uz saytiga kirib, "Poytaxt parking rezidentlik ruxsatnomalarini olish" xizmatini tanlash, so‘ralgan ma’lumotlarni kiritish va ariza yuborish kifoya. Ariza ko‘rib chiqilib, tasdiqlangandan so‘ng ruxsatnomadan foydalanish mumkin.
Ruxsatnoma 1-yil amal qiladi. Bitta xonadon manzili uchun 2 tagacha ruxsatnoma beriladi.