Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

Rossiya qo‘shinlari Zaporojye viloyatidagi aholi punktini ozod qildi

Shuningdek, hududdagi janglarda dushmanning harbiy texnika va moddiy ombor yo‘q qilingan.
Sputnik
TOShKENT, 2 fev — Sputnik. Rossiya qo‘shinlari Zaporojye viloyatidagi Pridorojnoe qishlog‘ini nazoratga oldi. Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligi xabar berdi.

"Sharq" qo‘shinlari guruhi bo‘linmalari dushman mudofaasining ichkarisiga kirib bordi va qat’iy harakatlar natijasida Zaporojye viloyatining Pridorojnoe aholi punktini ozod qildi", — deyiladi xabarda.

Shuningdek, "Sharq" qo‘shinlari guruhi harakatlari natijasida bir kunda Ukraina Qurolli kuchlarining qariyb 320 nafar harbiy xizmatchisi, 12 ta avtomobil, "Grad" reaktiv tizimining jangovar mashinasi, artilleriya quroli va moddiy vositalar ombori yo‘q qilingani aytilgan.
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya qo‘shinlari Xarkov viloyati va DXRda ikki qishloqni nazoratga oldi