Buxoro va Surxondaryoda chiqindidan elektr ishlab chiqaradigan zavodlar qurilishi boshlandi

Ikki loyihaning umumiy qiymati 290 million dollarni tashkil etadi.
Sputnik
TOShKENT, 2 fev — Sputnik. Buxoro va Surxondaryo viloyatlarida chiqindilarni yoqish orqali elektr energiyasi ishlab chiqarishga qaratilgan investitsiya loyihalari qurilishiga tamal toshi qo‘yildi. Bu haqda Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligi matbuot xizmati xabar berdi.
Buxoro viloyati
Xitoyning "Wangneng Environment" kompaniyasi ishtirokida Kogon tumani "Guliston" MFY hududida 140 mln dollar to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiya hisobiga zavod quriladi. Quvvati yiliga 547,5 ming tonna qattiq maishiy chiqindilarni qayta ishlash va 230 mln kVt/soat elektr energiyasi ishlab chiqarishni tashkil etadi. Loyiha 150 ta yangi ish o‘rni yaratadi.
Surxondaryo viloyati
Xitoyning CHSET kompaniyasi ishtirokida Angor tumani "Bahor" MFY hududida qiymati 150 mln dollar bo‘lgan zavod barpo etiladi. Quvvati yiliga 438 ming tonna chiqindilarni qayta ishlash va 75 mln kVt/soat elektr energiyasi ishlab chiqarishni tashkil etadi. Bu yerda ham 150 ta yangi ish o‘rni yaratiladi.
Toshkentda tibbiy chiqindilardan muqobil issiqlik ishlab chiqaruvchi birinchi zavod ishga tushdi