TOShKENT, 1 fev — Sputnik. Ukraina Qurolli kuchlari Sumi viloyatiga HIMARS baravar o‘t ochish reaktiv tizimlarini yo‘qotgan artilleriya brigadasini ko‘chirdi. Bu haqda Rossiya kuch tuzilmalari vakillari RIA Novosti agentligiga ma’lum qildi.
"Sumi viloyatiga UQKning 27-alohida artilleriya brigadasi ko‘chirildi, u o‘tgan yil oxirida "HIMARS"ning barcha reaktiv qurilmalari yo‘qolganidan keyin 27-reaktiv artilleriya brigadasidan qayta tashkil etilgan edi," - dedi agentlik suhbatdoshi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, hozirda brigada Ukrainada ishlab chiqarilgan “Bogdana” o‘ziyurar artilleriya qurollari bilan jihozlangan.