TOShKENT, 1 fev— Sputnik. Rossiya qo‘shinlari Xarkov viloyati va Donesk Xalq Respublikasi hududlaridagi ikkita qishloqni nazoratga oldi. Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligi xabar berdi.
"Shimol" qo‘shinlari guruhi bo‘linmalari faol harakatlar natijasida Xarkov viloyatining Zelonoe aholi punktini ozod qildi. "Markaz" qo‘shinlari guruhining bo‘linmalari esa qat’iy harakatlar natijasida Donesk Xalq Respublikasining Suxeskoe aholi punktini ozod qildi", — deyiladi xabarda.
Rossiyskie voyska vzali dva naselennix punkta v zone SVO
© RIA Novosti
Xabarda aytilishicha, "G‘arb" qo‘shinlari guruhi bo‘linmalari oldingi chiziqda vaziyatni yaxshilagani, "Janubiy" qo‘shinlar guruhi bo‘linmalari esa taktik vaziyatni yaxshilagani qayd etilgan.
Rossiyskie voyska vzali dva naselennix punkta v zone SVO
© RIA Novosti
Shuningdek, operativ-taktik aviatsiya, zarba beruvchi uchuvchisiz uchish apparatlari, raketa qo‘shinlari va Rossiya Qurolli kuchlari artilleriyasi tomonidan UQK manfaatlari uchun foydalanilayotgan transport infratuzilmasi obyektlari, shuningdek, Ukraina qurolli tuzilmalari va xorijiy yollanma askarlarning 158 ta hududdagi vaqtinchalik joylashuv punktlari yo‘q qilingani bildirilgan.