Rossotrudnichestvo O‘zbekistonga G‘alaba xotirasini asrashga yordam bermoqda

O‘tgan yili Rossotrudnichestvoning O‘zbekistondagi vakolatxonasi Rossiya elchixonasi ko‘magida G‘alaba kunining 80-yilligini nishonlash uchun ko‘plab tadbirlar o‘tkazdi.
Sputnik
O‘zbekistonda Ulug‘ Vatan urushining dahshatli yillari haqidagi xotira avaylab asrab kelinmoqda. Fashist bosqinchilariga qarshi kurashda Sovet Ittifoqining barcha xalqlari qatorida mardlik va jasorat ko‘rsatgan o‘zbek xalqining ham Buyuk G‘alabaga qo‘shgan hissasi unutilmaydi.
Rossotrudnichestvoning O‘zbekistondagi vakolatxonasi ham bu borada yordam ko‘rsatmoqda. 2025-yil davomida tashkilot Rossiya elchixonasi ko‘magida G‘alabaning yubileyiga bag‘ishlangan ko‘plab tadbirlar o‘tkazdi.
O‘tgan yilning dekabr oyida G‘alaba bog‘i yodgorlik majmuasida yangi yodgorlik toshi ochildi. U Sovet Ittifoqi Qahramoni, afsonaviy tankchi kapitan Grant Arakelovich Oganyans sharafiga Rossotrudnichestvo Jamoatchilik Kengashi tomonidan moliyalashtirildi.
"Shon-sharaf Davlat muzeyi xodimlari bedarak yo‘qolgan o‘zbek askarlarini qidirish paytida ko‘plab materiallar va ma’lumotlarni topdilar. 2025-yilning iyulida Grant Arakelovich Oganyansning Sovet Ittifoqi Qahramoni mukofotiga taqdimoti ham topildi", - dedi G‘alaba bog‘i yodgorlik majmuasi Ekskursiya bo‘limi katta instruktori Sabina Nasirova.
Kapitan Oganyans O‘zbekiston SSR Farg‘ona viloyatining Qo‘qon shahrida tug‘ilgan. U Nalchikdagi Kabardino-Balkar pedagogika institutida tahsil olgan. 1940-yilda u Qizil Armiya safiga chaqirilgan. 1942-yilda u Smolensk harbiy-siyosiy maktabini tugatgan va zirhli texnika qayta tayyorlash kurslarini tamomlab 1942-yil dekabr oyida frontga ketgan.
1944 yil avgust oyida tank bo‘linmasiga qo‘mondonlik qilgan Oganyans, hayotini qurbon qilib, Ruminiyadagi Siret darosida mudofaasi chizig‘ini yorib o‘tib, dushmanning ko‘plab texnikasi va shaxsiy tarkibini yo‘q qildi.
SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining 1945-yil 24-martdagi farmoni bilan Grant Arakelovich Oganyansga jangovar topshiriqlarni namunali bajargani, jasorati va qahramonligi uchun vafotidan keyin Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoni berildi. 1943-yilda u Vatan urushi ordeni bilan taqdirlandi.
Rossotrudnichestvo Jamoatchilik Kengashi shuningdek, G‘alaba bog‘idagi Shon-sharaf muzeyi uchun ko‘rgazma matnlarini rus tiliga tarjima qilishni yakunladi va Rossiya rasmiy delegatsiyalaridan O‘zbekiston prezidentiga davlat sovg‘alarini saqlash uchun yangi vitrina tayyorlab berdi.
Batafsil videolavhamizda tomosha qiling.