Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

Rossiya qo‘shinlari ikkita qishloqni ozod qildi

Rossiya qurolli kuchlari DXRdagi Toreskoe va Zaporojye viloyatidagi Petrovkani nazoratga oldi.
Sputnik
TOShKENT, 31 yanv— Sputnik. Rossiya qo‘shinlari maxsus operatsiya hududida ikkita qishloqni nazoratga oldi, deb xabar berdi mamlakat Mudofaa vazirligi.
"Markaz” kuchlar guruhi bo‘linmalari faol operatsiyalar natijasida Donesk Xalq Respublikasidagi Toreskoe qishlog‘ini ozod qildi. “Sharq” guruhi jangchilari Zaporojye viloyatidagi Petrovkani ozod qilishdi", - deyiladi xabarda.
"Sharq" kuchlari guruhi dushmanning o‘ntagacha texnikasi va shaxsiy tarkibini yo‘q qilib besh kvadrat kilometrgacha bo‘lgan maydonini nazoratga olishdi. Qo‘shinlar, shuningdek, qishloqqa yo‘l olgan Ukraina zaxiralarini yo‘q qilishdi.
"Sharq" guruhning mas’uliyat zonasida dushman 375 kishigacha, "Markaz" guruhi bilan janglarda esa 420 dan ortiq shaxsiy tarkibini yo‘qotdi.

So‘nggi 24 soat ichida Ukraina Qurolli kuchlari yo‘qotishlari 1200 nafardan ortiq askar, 19 ta tank va jangovar zirhli texnika, 20 ta dala artilleriya qurollari va 81 ta harbiy avtomobillarni tashkil qildi.

Havo hujumidan mudofaa tizimlari to‘rtta boshqariladigan bomba, HIMARS snaradi va 47 ta dronni urib tushirdi.