TOShKENT, 31 yanv — Sputnik. O‘tgan 2025-yil davomida O‘zbekiston jinoyat ishlari bo‘yicha sudlari tomonidan 63 177 ta jinoyat ishi ko‘rib chiqildi.
Ko‘rilgan jinoyat ishlarning aksariyatini firibgarlik, transport xavfsizligi qoidalarini buzish, o‘g‘rilik, giyohvandlik vositalari tayyorlash, saqlash va boshqa harakatlar.
Shuningdek o‘zlashtirish va talon-toroj qilish, soxta hujjat tayyorlash, qo‘shmachilik qilish yoki fohishaxona saqlash, qasddan o‘rtacha og‘ir shikast yetkazishkabi jinoyatlar tashkil etadi.
Jinoyat ishlarining salmoqli qismi Toshkent shahri, Farg‘ona, Toshkent, Samarqand va Namangan viloyatlarida ko‘rildi.
Sudlangan shaxslar soni 63 340 nafarni tashkil etib, shundan 18 816 nafar shaxsga ozodlikdan mahrum qilish va 43 531 nafariga boshqa turdagi jazolar tayinlandi, 993 nafar shaxs shartli hukm qilindi.
Shuningdek, 15 992 nafar shaxsga nisbatan dastlabki tergov organlari tomonidan asossiz ravishda qo‘yilgan moddalar ayblovdan chiqarib tashlandi yoki qayta malakalandi.
8085 shaxs ozodlikdan mahrum etish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazolar tayinlanib sud zalida ozod qilindi.
8085 shaxs ozodlikdan mahrum etish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazolar tayinlanib sud zalida ozod qilindi.
Jinoyatlar sabablarini va ularning sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlarni bartaraf qilish to‘g‘risida 45 323 ta xususiy ajrim chiqarilib, tegishliligi bo‘yicha yuborilgan.
Yarashuv institutining samarali qo‘llanilishi natijasida 13 224 nafar shaxs jinoiy javobgarlikdan ozod etildi.