TOShKENT, 30 yanv – Sputnik. AQSh prezidenti Donald Tramp o‘zining rossiyalik hamkasbi Vladimir Putindan rekord darajadagi sovuq sababli Rossiya armiyasi bir hafta Ukrainaning Kiyev va boshqa shaharlariga zarba berishni to‘xtatib turishini shaxsan iltimos qilganini ma’lum qildi.
“G‘ayrioddiy sovuq tufayli, ularda ham bizdagi kabi vaziyat, men shaxsan Putindan bir hafta davomida Kiyev va boshqa shaharlar va aholi punktlarini o‘qqa tutmaslikni iltimos qildim... Bu shunchaki sovuq ob-havo emas. Bu noodatiy sovuq. U yerda ham rekord darajada ayoz”, - dedi Tramp Oq uydagi hukumat yig‘ilishida.
AQSh rahbarining ta’kidlashicha, Putin bunga rozi bo‘lgan.
“Aytishim kerakki, bu juda yoqimli edi. Ko‘pchilik menga aytgandi: qo‘ng‘iroqqa vaqtiningni behuda sarflama, hech narsaga erishmaysan. Biroq u buni bajardi. Ular buni bajarganidan biz juda xursandmiz”, - dedi Tramp.
Oq uy rahbarining so‘zlariga ko‘ra, Ukraina bunga deyarli ishonmagan.
Ukraina harbiylari har kuni Rossiya hududidagi fuqarolik binolariga dronlar bilan hujum qiladi. Rossiya armiyasi bunga javoban yuqori aniqlikdagi qurollar bilan Ukraina harbiy sanoat majmuasi va harbiy obyektlarini nishonga oladi.