Shavkat Mirziyoyev Toshkentda Islom Karimov haykali poyiga gulchambar qo‘ydi

Marosimda Oliy Majlis palatalari, Prezident administratsiyasi, hukumat va jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
Sputnik
TOShKENT, 30 yanv – Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev 30-yanvar kuni Toshkent shahrida Islom Karimov haykali poyiga gulchambar qo‘ydi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, O‘zbekistonning mustaqil davlat sifatida shakllanishi, davlatchilik asoslarining barpo etilishida birinchi prezident Islom Karimovning xizmatlari beqiyos ekani chuqur hurmat va e’tirof bilan yodga olinadi.
“Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev tashabbusi va e’tibori bilan Birinchi Prezidentning xotirasi abadiylashtirildi, Samarqandda uning maqbarasi barpo etildi. Islom Karimov tavallud topgan 30-yanvar sanasini nishonlash ezgu an’anaga aylandi”, - deyilgan xabarda.
Marosim davomida Qur’on tilovat qilinib, duo o‘qildi. Birinchi Prezidentning Vatan manfaatlari yo‘lidagi faoliyati, insoniy fazilatlari yodga olindi.
1 / 7
2 / 7
3 / 7
4 / 7
5 / 7
6 / 7
7 / 7
Islom Karimov nomidagi ilmiy-ma’rifiy yodgorlik majmuasida bo‘lib o‘tgan marosimda Oliy Majlis palatalari, Prezident administratsiyasi va hukumat vakillari, ilm-fan va madaniyat namoyandalari, jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
Shuningdek, birinchi prezidentning Samarqand va Qarshi shaharlaridagi haykallari poyiga ham gullar qo‘yilib, xotirasiga ehtirom ko‘rsatildi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev Islom Karimov maqbarasini ziyorat qildi