O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasida qanday hujjatlar imzolandi – ro‘yxat

Anqaradagi uchrashuvda O‘zbekiston va Turkiya yadro xavfsizligi, migratsiya, harbiy tibbiyot va xalqaro transport yo‘laklari kabi strategik sohalarni qamrab olgan qator muhim hujjatlarni imzoladi.
Sputnik
TOShKENT, 30 yanv – Sputnik. Oliy darajadagi Strategik hamkorlik kengashining to‘rtinchi yig‘ilishi yakunlari bo‘yicha O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Turkiya prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an Qo‘shma bayonot hamda Keng qamrovli strategik sheriklik doirasidagi hamkorlik mexanizmlari to‘g‘risidagi qarorni imzoladi. Bu haqda O‘zbekiston rahbari matbuot xizmati xabar berdi.
Bundan tashqari, ko‘p qirrali sheriklikning turli yo‘nalishlarini qamrab oluvchi ikki tomonlama hujjatlar to‘plami imzolandi. Xususan:
sog‘liqni saqlash, ta’lim va harbiy tibbiyot sohalaridagi hamkorlik to‘g‘risida;
iqtisodiy va moliyaviy hamkorlik to‘g‘risida;
konchilik sanoatida o‘zaro hamkorlik to‘g‘risida;
xalqaro transport yo‘laklarini rivojlantirish bo‘yicha hamkorlik to‘g‘risida;
maxsus iqtisodiy zonalar sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida;
yadro xavfsizligi, jisman himoya qilish, kafolatlar va radiatsion himoya sohasidagi hamkorlik va axborot almashinuvi to‘g‘risida;
migratsiyaga ko‘maklashish va fuqarolarni o‘z mamlakatiga qaytarish sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida;
O‘zbekiston Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi va Turkiya Din ishlari boshqarmasi o‘rtasidagi hamkorlik to‘g‘risidagi hukumatlararo bitimlar;
Tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida 2026-2027 yillarga mo‘ljallangan hamkorlik dasturi;
O‘zbekiston Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi va Turkiya Oliy ta’lim kengashi o‘rtasida bayonnoma;
Madaniyat sohasida 2026-2027 yillarga mo‘ljallangan hamkorlik rejasi.
Ma’lum qilinishicha, ikki davlat Imtiyozli savdo to‘g‘risidagi bitim doirasida tovarlar turini kengaytirish, ustuvor iqtisodiy tarmoqlarda sanoat kooperatsiyasini mustahkamlash orqali 5 milliard dollarga yetkazishga kelishib olgan.
Shavkat Mirziyoyev rasmiy tashrif bilan Turkiyaga bordi