Chet el fuqarolari o‘zbek tilidan imtihon topshiradi

V1 darajadagi sertifikatga ega shaxslar fuqarolikka qabul qilishda davlat tili imtihonidan ozod etiladi.
Sputnik
TOShKENT, 30 yanv – Sputnik. 2026 yil 1-martdan chet el fuqarolari uchun Tillarni o‘qitish, o‘rganish va baholash bo‘yicha umumevropa mezonlari (CEFR) talablari asosida o‘zbek tilini bilish darajasini aniqlash imtihonlari joriy etiladi. Hukumatning tegishli qaror qabul qilindi.
Hujjatga muvofiq, 2026-yil 1-martdan boshlab CEFR mezonlariga muvofiq chet el fuqarolari uchun o‘zbek tilini bilishning A1, A2 va V1 darajalari bo‘yicha, 2027-yil 1-martdan boshlab esa V2, S1 va S2 darajalari bo‘yicha malaka sertifikatini berish uchun imtihonlar joriy etiladi.
Kamida B1 darajadagi malaka sertifikatiga ega xorijliklar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar 2026-yil 1-apreldan boshlab, O‘zbekiston fuqaroligiga qabul qilishda davlat tilini bilish darajasini aniqlash imtihonidan ozod etiladi.
Imtihonlarni tashkil etish va sertifikatlash Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligining Ilmiy-o‘quv amaliy markazi tomonidan amalga oshiriladi.
Ilmiy markaz malaka sertifikatini berish imtihonini 4 ta ko‘nikma (tinglab tushunish, o‘qish, yozish va gapirish) asosida onlayn shaklda tashkil etadi. Imtihon uchun talabgorlarni ro‘yxatdan o‘tkazish, to‘lovlarni qabul qilish, imtihonni o‘tkazish, natijalarni e’lon qilish, apellyatsiya murojaatlarini qabul qilish hamda elektron sertifikat berishni nazarda tutuvchi "O‘zbek tilini bilish darajasini aniqlash imtihoni" (Uzbek language proficiency test) elektron platformasini ishga tushiriladi.
Malaka imtihonida ishtirok etish uchun talabgor 50 dollar to‘laydi.
Mirziyoyev O‘zbek tili korpusini yaratishni topshirdi