Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

Rossiya qo‘shinlari Sumi viloyatidagi aholi punktini nazoratga oldi

Shuningdek, Sumi va Xarkov yo‘nalishlarida Ukraina tuzilmalariga zarbalar berilgan.
Sputnik
TOShKENT, 29 yanv — Sputnik. Rossiya Qurolli kuchlari Sumi viloyatidagi Belaya Bereza aholi punktini nazoratga oldi. Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligi xabar berdi.
Shuningdek, Sumi viloyatining Proletarskoe va Kondratovka aholi punktlari hududlarida Ukraina Qurolli kuchlarining mexanizatsiyalashgan brigadasi tuzilmalariga qaqshatgich zarbalar berilgan.
Xarkov yo‘nalishida esa Grafskoe, Revolyutsionnoe va Volchanskie Xutora aholi punktlari hududlarida Ukraina armiyasining motopiyoda brigadasi va Milliy gvardiya brigadasi bo‘linmalariga kuchli zarba berilgan.
Ma’lum qilinishicha, Ukraina tomoni 90 nafardan ortiq harbiy xizmatchisini, oltita avtomobilni va dala artilleriya qurolini yo‘qotgan. Shuningdek, o‘q-dori ombori va radioelektron kurash stansiyasi yo‘q qilingan.
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya qo‘shinlari 2 ta aholi punktini ozod qildi, yana uchtasi ozod qilinish arafasida