Moratoriyga qaramay, Toyloqda qum-shag‘al qaziganlar tabiatga qariyb 423 mlrd zarar yetkazgan

Moratoriy joriy qilingan Zarafshon darosi o‘zanida tungi vaqtda qum-shag‘al noqonuniy qazib olingani aniqlandi.
Sputnik
TOShKENT, 29 yanv — Sputnik. Samarqand viloyati Toyloq tumani hududidan oqib o‘tuvchi maratoriy joriy qilingan “Zarafshon“ darosi o‘zanida tungi vaqtda qum-shag‘al aralashmasi noqonuniy qazib olinganligi aniqlandi. Bu haqda Ekologiya va iqlim o‘zgarishi qo‘mitasi matbuot xizmati ma’lum qildi.
Holat Ekologik nazorat inspeksiyasi (Ekopolitsiya) va Samarqand viloyati Ekologiya boshqarmasi xodimlari tomonidan aniqlangan.
O‘rganishlar davomida daryo o‘zanidan qazib olingan noruda materiallar Urgut tumani va Samarqand shahrini bog‘lovchi yangi temir yo‘l liniyasi orqali maxsus beton moslamalar o‘rnatilgan holda “ZARAFSHON PROPRIETY SERVICE” MChJ hududiga tashilgani ma’lum bo‘ldi.
Huquqbuzarlik natijasida tabiatga 422 milliard so‘mdan ortiq zarar yetkazilgan. To‘plangan hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga taqdim etilmoqda.
Shuningdek, beton bo‘laklarining temiryo‘lga o‘rnatilgani yuzasidan hududiy ichki ishlar organlari tomonidan o‘rganish olib borilmoqda.
Ma’lumot uchun, 2024-yil 17-yanvardagi prezident farmoni bilan Chirchiq, Sangzor, Zarafshon, Norin, Qashqadaryo va Surxondaryo darolari o‘zanlarida noruda materiallarni qazib olishga muddatsiz moratoriy joriy etilgan. Farmon darolarni muhofaza qilish va tabiiy oqimni saqlashga qaratilgan.
17,2 kg oltin va 280 tonna ruda: Navoiyda noqonuniy oltin qazib oluvchi guruh qo‘lga olindi