Shavkat Mirziyoyev rasmiy tashrif bilan Turkiyaga bordi

“Esenbog‘a” aeroportida O‘zbekiston rahbarini Turkiya prezidenti va rafiqasi kutib oldi.
Sputnik
TOShKENT, 29 yanv — Sputnik. Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rafiqasi bilan birga rasmiy tashrif bilan Anqara shahriga keldi. Bu haqda O‘zbekiston rahbari matbuot xizmati xabar berdi.
“Esenbog‘a” xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonlarni Turkiya prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an va rafiqasi kutib oldi.
Davlat rahbarlari va birinchi xonimlar qisqa uchrashuv o‘tkazdilar.
Suhbatda O‘zbekiston bilan Turkiya o‘rtasidagi keng qamrovli strategik sheriklik munosabatlarini kengaytirish masalalari yuzasidan fikr almashildi.
Bugun Oqsaroy qarorgohida oliy darajadagi Strategik hamkorlik kengashining to‘rtinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi.
Muzokaralarda siyosat, savdo-iqtisodiyot, investitsiya, transport, energetika, madaniyat, gumanitar soha va boshqa ustuvor yo‘nalishlarda amaliy hamkorlikni kengaytirish bilan bog‘liq masalalar atroflicha ko‘rib chiqiladi.
Anqara shahridagi tadbirlar doirasida Hatay viloyatining Arsuz tumanida “O‘zbekiston” turar joy majmuasining ochilishi va Istanbulda o‘zbek maktabining qurilishini boshlashga bag‘ishlangan marosim ham bo‘lib o‘tadi.
O‘zbekiston delegatsiyasi Erdog‘an va Turkiya xavfsizlik idoralari rahbarlari bilan uchrashdi