TOShKENT, 29 yanv — Sputnik. O‘zbekistonda endilikda abituriyentlar uchun chet tili birinchi fan hisoblangan yo‘nalishlarga kirishda B1 darajadagi sertifikat ham imtiyoz beradi. Bu bo‘yicha hukumat qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.
Yangi tartibga ko‘ra, fanlar majmuasida chet tili birinchi fan sifatida belgilangan ta’lim yo‘nalishlariga qabul kamida B1 darajadagi milliy yoki xalqaro tan olingan sertifikat asosida amalga oshiriladi.
Shuningdek, fanlar majmuasida chet tili mavjud bo‘lgan yo‘nalishlarda:
B1 darajadagi sertifikatga ega abituriyentlarga ushbu fan bo‘yicha maksimal ballning 75 foizi beriladi;
B2 va undan yuqori darajadagi sertifikatga ega abituriyentlarga maksimal ball beriladi.
Ilgari esa mazkur yo‘nalishlarga qabul qilish uchun kamida B2 darajadagi sertifikat talab etilar edi.