Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

Ukraina TIV rahbari: Ukraina mojaroni tugatish bo‘yicha AQSh bilan shartnoma imzolamoqchi

Andrey Sibiganing aytishicha, mojaroni tugatish bo‘yicha hujjat Ukraina va AQSh hamda AQSh va Rossiya o‘rtasida imzolanishi mumkin. YeI ishtiroki ko‘zda tutilmagan.
Sputnik
TOShKENT, 28 yanv — Sputnik. Ukraina mojaroni tugatish bo‘yicha AQSh bilan alohida shartnoma imzolamoqchi, AQSh esa Rossiya bilan shunday hujjatni imzolashi mumkin. Bu haqda Ukraina tashqi ishlar vaziri Andrey Sibiga “Yevropeyskaya pravda”ga bergan intervyusida ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bunda YeI ishtiroki ko‘zda tutilmagan. Muzokaralar hali davom etmoqda va shartnoma formati hali yakuniy emas. YeI esa jarayon va xavfsizlik kafolatlari masalasida ishtirok etishi mumkin.

23 noyabr kuni Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayen YeI Ukraina chegaralarining o‘zgarishiga qarshi ekanini va armiyani zaiflashtiruvchi cheklovlarni qo‘llab-quvvatlamasligini bildirdi.
27 noyabrda Rossiya TIV rahbari o‘rinbosari Aleksandr Grushko YeI pozitsiyasi tinchlikka erishishni qiyinlashtirayotganini aytdi.
"Politico" nashri 25-noyabrda AQSh davlat kotibi Marko Rubio YeI diplomatiyasi rahbari Kayya Kallas bilan ikki tomonlama uchrashuvlardan voz kechayotgani haqida xabar qildi.
Avvalroq ABC telekanali, Kiyevning muzokaralar guruhi AQShga 20 ta banddan iborat kelishuv bo‘yicha Amerika taklifiga faqat ba’zilarini qayta ishlab, hududlar va Zaporojye AES masalalarini ko‘rib chiqqan holda topshirgani haqida xabar bergan edi.
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya, Ukraina, AQSh muzokaralarning birinchi kuni yakunlandi