TOShKENT, 28 yanv — Sputnik. Samarqand viloyatida 2025-yilda 327 ta noqonuniy qurilish holati aniqlangan. 289 ta obyekt bo‘yicha quruvchilarga ishlarni to‘xtatish haqida ogohlantirish va ko‘rsatmalar berilgan, 195 ta holat bo‘yicha materiallar sudga yuborilgan.
Bu haqda viloyat qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi boshlig‘i Akmal Shukurov Sputnik O‘zbekiston muxbiriga ma’lum qildi.
Inspeksiya ma’lumotlariga ko‘ra, viloyatda jami 2 862 ta qurilish obyekti ro‘yxatga olingan. Ularning 2 207 tasida faol qurilish ishlari olib borilmoqda, 581 tasi muzlatilgan, 74 tasi esa to‘xtatilgan.