Tarifni bepul o‘zgartirish, pulli xizmatlarga cheklov: mobil aloqa qoidalari yangilandi

O‘zbekistonda mobil aloqa qoidalari yangilandi: tarif o‘zgarishi haqida 15 kun oldin ogohlantirish majburiy bo‘ldi, raqamni ko‘chirish 20 daqiqaga qisqartirildi.
Sputnik
TOShKENT, 28 yanv — Sputnik. O‘zbekistonda endilikda abonentlar mobil aloqa tarif rejasini istalgan boshqa tarifga bepul almashtira oladi. Bu norma 26-yanvar kuni davlat ro‘yxatidan o‘tgan Telekommunikatsiyalar xizmatlarini ko‘rsatish qoidalarining yangi tahririda belgilandi.
Yangi qoidalarga ko‘ra:
Shaxsiy hisobda mablag‘ yetarli bo‘lmasa, raqamni “mavjud emas” holatiga o‘tkazish muddati 2 oydan 1-yilga uzaytiriladi.
Mobil aloqa operatorlari tarif shartlarini o‘zgartirsa, abonentlar bu haqda kamida 15 kun oldin OAV, rasmiy sayt yoki SMS orqali xabardor qilinadi.
Xizmat ko‘rsatish punktiga bora olmaydiganlar uchun yashash joyiga borish va olis hududlarda sayyor xizmat yo‘lga qo‘yiladi.
Abonent roziligisiz avval bepul bo‘lgan xizmatlarni pulli qilish taqiqlanadi.
Tarif bo‘yicha to‘lov yechishda hisobni manfiy holatga tushirishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Raqamni boshqa operatorga ko‘chirish endilikda 8 soatda emas, 20 daqiqada amalga oshiriladi.
Kontent xizmatlari bo‘yicha ham yangi tartib joriy etildi:
Pulli xizmatlar faqat mobil ilova yoki USSD orqali faollashtiriladi.
Roziliksiz xizmatlarni avtomatik ulash taqiqlanadi.
Kontent provayderlar taqdim etadigan barcha pullik xizmatlar dastlab nofaol holatda bo‘ladi.
Ushbu o‘zgarishlar 3 oydan keyin kuchga kiradi.
Raqobat qo‘mitasi mobil operatorlarning narxlarni oshirish holatlarini o‘rganishni boshladi