AES O‘zbekistonga yiliga 6 mlrd kub metrgacha gazni tejash imkonini beradi - ekspert

Igor Yushkovga ko‘ra, AES to‘liq quvvatda ishga tushsa, O‘zbekiston yiliga 6 milliard kub metrgacha gazni tejash imkoniga ega bo‘ladi.
Sputnik
TOShKENT, 28 yanv — Sputnik. AESning to‘liq quvvatga chiqishi O‘zbekistonga yiliga 4–6 milliard kub metr gazni tejash imkonini beradi.
Bu haqda Sputnik O‘zbekistonga Milliy energetika xavfsizligi jamg‘armasining yetakchi tahlilchisi, Rossiya Federatsiyasi hukumati huzuridagi Moliya universiteti eksperti Igor Yushkov ma’lum qildi.
Shuningdek, u atom texnologiyalari klasterining tashkil etilishi O‘zbekistonda ilmiy maktab rivojiga kuchli turtki berishini va sog‘liqni saqlash sohasida yangi yo‘nalishlarni shakllantirishini ta’kidladi.
"Bu, jumladan, yadroviy tibbiyot sohasida onkologiya kabi kasalliklarni davolash uchun arzonroq materiallar olish imkonini beradi", — dedi ekspert.
Ma’lumot uchun: Milliy statistika ma’lumotlariga ko‘ra 2025-yilda O‘zbekistonda 42,3 milliard kub metr gaz ishlab chiqarilgan.
AES beton ishlari bahorga mo‘ljallangan: Mirziyoyev "Rosatom" rahbarini qabul qildi