TOShKENT, 27 yanv — Sputnik. Soliq organlari tomonidan 2025-yilda respublika bo‘yicha budjetga 247,8 trillion so‘m tushumlar ta’minlandi. Bu haqda Soliq qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.
Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 24 foizga ko‘p.
V 2025 godu v budjet postupilo 247,8 trln sumov nalogovix postupleniy
© Nalogoviy komitet
Soliq turlari kesimida tushum (2024 yilga nisbatan o‘sish):
foyda solig‘i - 72,3 trillion so‘m (+ 37%);
QQS - 45,2 trillion so‘m - (+14%);
jismoniy shaxslar daromad solig‘i - 42,4 trillion so‘m - (+20%);
yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq - 25,8 trillion so‘m (+28%);
aksiz solig‘i - 20 trillion so‘m - (+13%);
soliqsiz tushumlar (dividendlar, boj, yig‘im, jarima va boshqa to‘lovlar) — 19,5 trillion so‘m (+31%)
yer solig‘i - 10 trillion so‘m (+22%);
mol-mulk solig‘i - 8 trillion so‘m (+18%);
aylanmadan olinadigan soliq - 3,1 trillion so‘m (+8%);
suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq - 1,4 trillion so‘m (21%).