Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

Rossiya qo‘shinlari 2 ta aholi punktini ozod qildi, yana uchtasi ozod qilinish arafasida

Rossiya Mudofaa vazirligiga ko‘ra, qo‘shinlar ikki aholi punktida nazorat o‘rnatgan, yana uch yo‘nalishda esa shu jarayon yakuniga yetkazilmoqda.
Sputnik
TOShKENT, 27 yanv — Sputnik. Rossiya Mudofaa vazirligi xabariga ko‘ra, Rossiya Qurolli kuchlari Xarkov viloyatidagi Kupansk-Uzlovoy hamda Zaporojye viloyatidagi Novoyakovlevka aholi punktlarini nazoratga olgan.
Vazirlik ma’lumotiga ko‘ra, “G‘arb” qo‘shinlari guruhi hujum harakatlari natijasida Kupansk-Uzlovoy, “Dnepr” qo‘shinlari guruhi esa Novoyakovlevka aholi punktini nazoratga olgan.
Avvalroq Rossiya Qurolli kuchlari Bosh shtabi boshlig‘i Valeriy Gerasimov 20-armiya bo‘linmalari Drobishevo, Yarovaya va Sosnovoe aholi punktlaridagi turar-joy binolarining 90 foizdan ortig‘i nazoratga olingani haqida ma’lum qilgan edi.
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya qo‘shinlari hafta davomida 5 ta aholi punktini ozod qildi