O‘zbekiston va YeOII

Pokiston YeOII "beshligi" bilan savdoni oshirishga qiziqish bildirdi

Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi va Pokiston o‘rtasida savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish masalalari Moskvadagi uchrashuvda muhokama qilindi
Sputnik
TOShKENT, 26 yanv — Sputnik. Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasining (YeIK) savdo vaziri Andrey Slepnyov Pokiston Islom Respublikasining Rossiyadagi elchisi Faysal Niyaz Tirmizi bilan uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda YeIK matbuot xizmati xabar berdi.
Tomonlar Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) va Pokiston o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlik masalalarini muhokama qildi. Pokiston tomoni YeOIIga a’zo “beshlik” davlatlari bilan ishbilarmonlik aloqalarini kengaytirish va savdo hajmini oshirishdan manfaatdor ekanini bildirdi.

“Mamlakatlarimiz o‘rtasidagi savdo faol rivojlanmoqda, biroq uning hozirgi hajmi Pokiston va YeOII mamlakatlari iqtisodiyoti ko‘lamiga mos kelmaydi va sezilarli darajada oshirilishi mumkin”, — dedi Andrey Slepnyov.

Ma’lumot uchun, Pokiston aholi soni bo‘yicha dunyoda beshinchi o‘rinda turadi (taxminan 250 million nafar). 2020–2024 yillarda Pokiston va YeOII o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi qariyb 10 foizga oshgan.
O‘zbekiston va YeOII
Hindiston va YeOII erkin savdo to‘g‘risida bitim tuzishga yaqinlashmoqda