TOShKENT, 26 yanv — Sputnik. 2025 yil davomida Migratsiya agentligi xorijda mehnat qilayotgan o‘zbekistonliklar foydasiga chet ellik ish beruvchilardan jami 1,9 mln dollar undirib berdi. Bu haqda agentlik matbuot xizmati xabar qildi.
Xabarda aytilishicha, oylik ish haqi va kompensatsiyalar bo‘yicha 3 089 nafar fuqaroning murojaati ko‘rib chiqilgan.
Shuningdek, hujjatlar va ish masalalari bo‘yicha minglab muammolarga amaliy yechim topildi. Jumladan:
406 nafar fuqaroning shaxsni tasdiqlovchi hujjatlari ish beruvchilar va vositachilardan qaytarib olindi;
8 743 nafar murojaatchiga huquqiy va maslahat xizmatlari ko‘rsatildi;
xorijda ishsiz qolgan 9 249 nafar fuqaroning bandligi ta’minlandi.