Toshkentda Osiyo Olimpiya kengashining 46-Bosh assambleyasi boshlandi

Toshkentda ilk bor o‘tayotgan Osiyo Olimpiya kengashining 46-Bosh assambleyasida 45 mamlakat Milliy Olimpiya qo‘mitalari va sport ekspertlari ishtirok etmoqda.
Sputnik
TOShKENT, 26 yanv — Sputnik. Toshkentda Osiyo Olimpiya kengashining 46-Bosh assambleyasi boshlandi, deb xabar bermoqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri.
Anjuman ilk bor O‘zbekistonda o‘tayotgani va uning doirasida qator sessiya hamda yig‘ilishlar o‘tkazilayotgani qayd etilmoqda.
V Tashkente nachalas 46-ya Generalnaya Assambleya Olimpiyskogo soveta Azii

Unda Osiyo qit’asining 45 mamlakati Milliy Olimpiya qo‘mitalari va xalqaro sport ekspertlari ishtirok etmoqda.

Tadbirda, shuningdek, Rossiya sport vaziri Mixail Dagterev ham ishtirok etdi.
V Tashkente nachalas 46-ya Generalnaya Assambleya Olimpiyskogo soveta Azii
Eslatib o‘tamiz, Milliy Olimpiya qo‘mitalari assotsiatsiyasi (ANOC) raisi birinchi o‘rinbosari, Qatar Olimpiya qo‘mitasi prezidenti Shayx Jav’an bin Hamad Ol Soniy assambleya doirasida tashkilot rahbarligi uchun o‘tkaziladigan saylovda yagona nomzod sifatida ko‘rsatilgan.
OOK delegatsiyasi Olimpiya shaharchasi va Islom sivilizatsiyasi markazi bilan tanishdi