TOShKENT, 25 yanv — Sputnik. Osiyo Olimpiya kengashining 46-Bosh assambleyasida ishtirok etish uchun O‘zbekistonga tashrif buyurgan delegatsiya a’zolari Olimpiya shaharchasi majmuasi hamda Islom sivilizatsiyasi markazi bilan tanishdi.
Olimpiya shaharchasiga tashrif davomida xorijiy mehmonlarga “Velodrom”, “Markaziy o‘yingoh”, “Suv sport turlari”, “Jamoaviy sport turlari” va “Yakkakurash sport turlari” binolari hamda ularda yaratilgan sharoitlar haqida ma’lumot berildi.
Delegatsiya Olimpiyskogo soveta Azii v Tashkente
© Ministerstvo sporta
Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif chog‘ida esa mehmonlarga O‘zbekistonning boy islom tarixi, madaniy merosi va markazda saqlanayotgan bebaho ma’naviy yodgorliklar haqida atroflicha ma’lumot taqdim etildi.
Shuningdek, markazning zamonaviy me’moriy yechimi, inshoot tuzilishi, noyob eksponatlar hamda o‘tmish va bugun uyg‘unligi mehmonlarda katta taassurot qoldirdi.