Hozir ularni rossiyalik mutaxassislar - Samara davlat tibbiyot universiteti xodimlari ishlab chiqarmoqda.
Yaqinda Respublikasi Bolalar onkologiyasi, gematologiyasi va klinik immunologiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazida kengaytiriladigan endoprotez o‘rnatilgan ikkinchi xalqaro jarrohlik amaliyoti o‘tkazildi.

13 yoshli Sabinaga bir necha yil oldin o‘ng son suyagining distal qismida osteosarkoma tashxisi qo‘yilgan va u keng qamrovli davolanishdan o‘tagan. Endi unga uzunligi moslashadigan va u bilan birga “o‘sadigan” endoprotez o‘rnatildi. Eng muhimi, bu jarayonlarning barchasi mutlaqo og‘riqsiz kechadi.
“Bemorga magnit mexanizmli maxsus tizza bo‘g‘imi endoprotezi tayyorlandi. Ushbu magnit mexanizm takroriy jarrohlik aralashuvlarni oldini olish imkonini beradi, chunki har safar uzaytirish uchun narkoz, anesteziologik yondashuv va bemorning shifoxonada yotishi talab etilardi”,– deya izoh berdi Aleksandr Savkin.
Ushbu jarrohlikni O‘zbekiston bolalar onkologiyasi, gematologiyasi va immunologiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi mutaxassislar jamoasi mustaqil ravishda o‘tkazdi.
Jarrohlik markaz direktori, tibbiyot fanlari doktori, professor Jamila Polatova rahbarligida, 2-jarrohlik bo‘limi mudiri Aleksandr Savkin boshchiligida va onkolog shifokor Oybek Abdusattorov ishtirokida amalga oshirildi.

2025 yil aprel oyida o‘tkazilgan Samarada ishlab chiqarilgan endoprotezni o‘rnatish bo‘yicha birinchi xalqaro jarrohlik amaliyotida Samara Davlat Tibbiyot Universiteti Bionika va shaxsiylashtirilgan tibbiyot ilmiy-tadqiqot instituti direktori Andrey Nikolayenko ishtirok etdi.