"Bu safar biz har qanday hujumni — cheklangan, cheksiz, yuqori aniqlikdagi, kinetik, nima deb atasangiz ham — bizga qarshi to‘laqonli urush sifatida ko‘rib chiqamiz va eng qattiqqo‘l tarzda javob beramiz", dedi u jurnalistlarga ismini oshkor qilmaslik sharti bilan.
2025 yil dekabr oyi oxirida rialining qadrsizlanishi tufayli boshlangan norozilik namoyishlarida, keyinchalik siyosiy tizimga qarshi tartibsizliklarga aylanib ketdi.
8 yanvar kuni Tehron va boshqa shaharlarda namoyishchilar tez yordam mashinalari va shahar avtobuslari, metro bekatlari, masjidlar, banklar va do‘konlarni vayron qildi. 100dan ortiq politsiya xodimi qurbon bo‘ldi.
Eron rahbariyati ushbu voqealarning siyosiy tomonga burilishida Isroil va AQShni aybladi.
Rasmiy manbaalarga ko‘ra, tartibsizliklar qurbonlari soni 500dan oshgan, ularning aniq soni tergov tugaganidan so‘ng e’lon qilinadi.
Tartibsizliklar uyushtirishda ayblanib uch ming kishi qo‘lga olingan, ularning turar joylaridan qurol-aslaha topilgan.