Matbuot markazi

Sputnik matbuot markazida YeOII mamlakatlarining bioxavfsizligi muhokama qilinadi

Gap zamonaviy tibbiyotning bepushtlikni davolashda samaradorligi, adenovirus tarqalishining ehtimoliy xavfi hamda YeOII mamlakatlarining importsiz o‘zlarini dori-darmon va tibbiy asbob-uskunalar bilan to‘liq ta’minlash qobiliyati haqida boradi.
Sputnik
TOShKENT, 23 yanv – Sputnik. Sputnik multimedia matbuot markazida “YeOII mamlakatlari bioxavfsizligi” mavzusida Rossiya Fanlar akademiyasi akademigi, Rossiya ta’lim akademiyasi prezidenti o‘rinbosari Gennadiy Onishenko ishtirokida Moskva – Minsk – Ostona – Bishkek – Yerevan – Toshkent videoko‘prigi bo‘lib o‘tadi.
Tadbir 28-yanvar kuni Toshkent vaqti bilan soat 13:00 da boshlanadi.
Muhokama uchun mavzular:
YeOII mamlakatlari o‘zlarini dori-darmon va tibbiy asbob-uskunalar bilan import qilmasdan to‘liq ta’minlay oladimi?
Haddan tashqari sovuq ob-havo boshlanishi bilan sovuq qotishdan qanday saqlanish mumkin?
Zamonaviy tibbiyot bepushtlik muammosini qanchalik samarali hal qiladi?
Adenovirus pandemiyasi xavfi bormi?