Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

Rossiya qo‘shinlari hafta davomida 5 ta aholi punktini ozod qildi

Xarkov yo‘nalishida Siminovka qishlog‘ini ham ozod qilishga erishildi.
Sputnik
TOShKENT, 23 yanv – Sputnik. Rossiya Qurolli kuchlari o‘tgan hafta davomida Ukrainadagi maxsus harbiy operatsiya hududidagi 5 ta aholi punktini ozod qildi. Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, DXRdagi Privolye va Novopavlovka, Zaporojye viloyatidagi Priluki va Pavlovka hamda Xarkov viloyatidagi Siminovka ozod qilingan.
Siminovkani “Shimol” qo‘shinlari guruhi harbiylari ozod qilishga muvaffaq bo‘lgan.
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya Qurolli kuchlari DXR va Zaporojye viloyatidagi aholi punktlarini ozod qildi