Poytaxt Toshkentda uzoq kutilgan qalin qor yog‘di. Ko‘cha va xiyobonlar, bog‘u rog‘lar oq libosga burkandi. Poytaxt tabiati qorda changu g‘ubordan xoli bo‘lib, musaffolik va sokinlik kasb etdi.
Bolalar qorbo‘ron o‘ynagani ko‘chaga shoshishdi. Qor ular uchun miriqib o‘ynash uchun ayni muddao.
Sputnik muxbiri shaharning ajoyib manzarasidan fotoreportaj tayyorladi.