Qon bilan ishlash xizmati tashkilotlarida yangi tizim yo‘lga qo‘yiladi

2026–2030 yillarda qon bilan ishlash xizmati yanada takomillashtiriladi.
Sputnik
TOShKENT, 23 yanv – Sputnik. O‘zbekistonda qon bilan ishlash xizmati tashkilotlarida yangi tizim yo‘lga qo‘yiladi. Prezident “2026–2030 yillarda qon bilan ishlash xizmatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi.
Unga ko‘ra, 2026-yil 1-oktabrdan:
qon bilan ishlash xizmati tashkilotlarida qon mahsulotlari xavfsizligi va sifatini ta’minlash bo‘yicha barcha texnik va tibbiy jarayonlarni tartibga soluvchi standart operatsion jarayonlar hamda xavfsizlik bayonnomalari joriy qilinadi;
“ehtiyoj – qayta ishlash – yetkazish” zanjiri doirasida biznes jarayonlarini boshqarish tizimi joriy etiladi.
2027 yil 1-martdan “Qon mahsulotlari elektron hisobini yuritish” axborot tizimi joriy etiladi.
2026 yil 1-oktabrdan qon bilan ishlash xizmati tashkilotlarida qon mahsulotlarini majburiy tartibda 2 bosqichli skrining tekshiruvidan o‘tkazish tizimi yo‘lga qo‘yiladi.
Bepul tibbiy ko‘riklar, tez yordam va dori-darmon: prezident yangi takliflarni ma’qulladi