TOShKENT, 23 yanv – Sputnik. Ukraina Qurolli kuchlari Donbass hududini tark etishi shart, bu Rossiya tomonining muhim sharti. Bu haqda Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma’lum qildi.
“Rossiyaning Ukraina, Ukraina Qurolli kuchlari Donbass hududini tark etishi shartligi to‘g‘risidagi pozitsiyasi yaxshi ma’lum. Bu juda muhim shartdir”, - dedi Kreml vakili.
Shuningdek, Peskov muzokaralar kun tartibida qolayotgan boshqa masalalar borliginini ham ta’kidladi.
23 yanvar kuni Vladimir Zelenskiy Donbass masalasi Abu-Dabidagi Rossiya, AQSh va Ukrainaning uch tomonlama muzokaralarida asosiy mavzu bo‘lishini aytdi. “Corriere della Sera” nashri ma’lumotlariga ko‘ra, Abu-Dabida AQSh, Rossiya va Ukraina vakillari moliyaviy qo‘llab-quvvatlash va xavfsizlik kafolatlari evaziga Ukrainaning hududdan voz kechishini muhokama qilishadi. “Axios” nashri ham uchrashuvning asosiy mavzusi hududlar ustidan nazorat o‘rnatish masalasi bo‘lishini yozmoqda.
Avvalroq Rossiya prezidenti Vladimir Putin AQSh delegatsiyasi bilan uchrashuvda hududiy masalani hal qilmasdan uzoq muddatli tinchlikka erishib bo‘lmaslikni qayd etgan edi.